Hammasi sayt turiga bog’liq. Web-portalni yaratishda shablon yechimlardan foydalanilmaydi, balki alohida tizim va algoritm yaratishni joriy etishga olib keladi.
Saytni yaratish muddati 6 dan 8 haftagacha.
11 000 000 so’mdan
Asosiy
Saytning unikal moslashuvchan dizayni
Mijozning hohishi va talabiga ko’ra professional dasturchilar tomonidan saytning unikal dizayni yaratiladi. Internet do’kon uchun 3 sahifa ishlab chiqiladi: asosiy, ichki va aloqa sahifasi, lekin mijozning iltimosiga binoan qo’shimcha sahifalar tayyorlanishi mumkin.
Saytni boshqarish tizimi
Saytni boshqarish uchun qulay Saytni Boshqarish Tizimi (CMS) mo’ljallangan bo’lib, u foydalanuvchiga matnli va rasmli materiallarni o’z kuchi bilan qiyinchiliksiz yangilash imkonini beradi. Saytlarni yaratishda biz eng qulay va mashhur WordPress CMSdan foydalanamiz.
Saytga ma’lumotlar joylashtirish
Sayt yaratish jarayonida uning barcha ishlash funksiyalarini hali internet joylashtirmasdan ko’rish uchun ma’lumotlar joylashtiriladi. Bu ma’lumotlar demo ma’lumot hisoblanadi.
Krossbrauzerlik
Har bir sayt barcha mashhur brauzerlar: Internet Explorer, Firefox, Chrome, Safari, Operada to’g’ri ko’rsatilishi uchun moslashtiriladi.
Sinov
Har bir sayt yaratilganidan so’ng «Eson» studiyasida sinovdan o’tkaziladi. Dizaynining to’g’riligi, to’g’ri ishlashi va texnik topshiriqlardagi funksiyalarning bajarilishi tekshirib ko’riladi.
Sayt bilan ishlashga o’rgatish
Sayt yaratilib, sinovdan o’tkazilgandan so’ng mijoz sayt bilan ishlashga o’rgatiladi. Ta’lim o’rtacha 1-2 soat atrofida bo’ladi, juda do’stona muhitda o’tadi.
Reklama uchun tayyorgarlik
ITU (Insonga Tushunarli URL)
Sayt havolalarini odamlar uchun qisqa va tushunarli qiladi, shuningdek, Google, Yandex qidiruv mashinalari orqali sayt sahifalarining mazmunini URL orqali tanib olish imkonini beradi.
Sitemap yaratish
Google, Yandex qidiruv mashinalari bilan tezroq ishlash uchun saytning XML — xaritasini yaratish.
Google, Yandexga joylashtirish
Sayt sahifalarini eng mashhur Google hamda Yandex qidiruv mashinalariga qo’shish.