Tadbirkorlik yosh yoki jins tanlamaydi, to’g’rimi?
Ikki turli insonlar bor.
Birinchisi, oylik maoshga ishlab, topganidan qoniqib yashaydiganlar.
Ikkinchisi esa, tadbirkorlikni tanlab, o’zi va oilasi uchun eng yaxshi hayotni berish uchun tinimsiz mehnat qiladiganlar.
Agar hali ham shu yerda bo’lsangiz…
Katta ehtimol bilan, ikkinchi turli insonlar qatoriga kirasiz, to’g’rimi?
Bunday insonlarni 3 qo’rquvlar birlashtirib turadi.
Birinchisi, tasavvur qiling biznesda muvaffaqiyatsizlikka uchradingiz.
Do’st-dushman, oila-a’zolaringiz ko’ziga qarab “biznesim o’xshamadi” deya olasizmi?
Qo’lingizdan kelmaydi, to’g’rimi?
G’ururingiz yo’l qo’ymaydi.
Undam yomoni, sinishingizni kutayotgan insonlarni…
“Qo’lidan kelmapti, kelmaydi ham” degan gaplarini eshitish.
Bu gaplarni eshitgandan ko’ra, yer yorilsayu, kirib ketsangiz, to’g’rimi?
Ikkinchisi, oilangizni moliyaviy kamchilikarini ko’ra turib…
Yordam bera olishga ojizlik qilish.
Siz sevgan insonlaringiz xohlagan narsasini iste’mol qila olmasligi.
Eng yaxshi ta’lim, mahsulotlar va dori-darmonlar bilan ta’minlay olmaslik.
Farzandlaringiz boy qo’shningiz farzandiga havas qilishi va o’ksinishi
Buni ko’ra turib, hech narsa qila olmasligingizni bilib, o’zingiz ich-ichingizdan yeyishingiz.
Barcha umidi sizdan bo’lgan insonlarga bu hayotda yashash uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratib bera olmaslik.
Uchinchisi esa, tadbirkorlikda muvaffaqiyatsizlikka uchrab…
Oilangiz kamchiliklarsiz yashashi uchun…
O’zingiz xohlamagan joyda o’zingiz loyiq bo’lmagan kichik maoshga majburan rozi bo’lib ishlash.
Yoqtirmagan boshlig’ingiz, yoki bir nechta boshliqchalar buyruqlarini bajarish.
Bu hayotda barchani boshidan o’tgan.
Hatto sizni ham, to’g’rimi?
O’zingiz yoqtirmagan joyda majburlikdan ishlagansiz.
Tadbirkorlikka kirib, endi hayotdan zavq olishni boshladingiz.
Lekin sotuvlar kamligi barcha orzu-maqsadlaringizni puchga chiqarishi mumkin.
Va bu xavfni oz-moz bo’lsada his qilishni boshladingiz, to’g’rimi?
Agar javobingiz “HA” bo’lsa…
Zudlik bilan nimadir qilishingiz lozim.
Aks holda, barcha orzu maqsadlaringizdan ayrilishingiz…
Va sizdan umidi katta sevimli oila-a’zolaringizni noqulay vaziyatga tushurishingiz mumkin.
Lekin taslim bo’lishga shoshilmang.
Chunki, biz sizni oyoqqa turishingizga…
Va o’zi aslida nimalarga qodir ekanligingizni barchaga ko’rsatib qo’yishingizga yordam beramiz!
Tayyor bo’lsangiz…